Yo‘lkira – 3000 so‘m. Toshkentda ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi 

Jamiyat

image

Toshkent shahrida yo‘lkira haqi 3000 so‘m bo‘ladigan yangi ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasining Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu yo‘nalish 20,5 km masofadan iborat bo‘lib, unda avtobuslar 4 ta jadval asosida 23-daqiqalik oraliq interval bilan qatnaydi. 

Xabarga ko‘ra, yangi ekspress avtobus yo‘nalishi Chilonzor buyum bozori avtoshohbekatidan boshlanadi. Shundan so‘ng avtobus Bunyodkor, Furqat, Sebzor, Axmad Donish ko‘chalari orqali Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida joylashgan Uchqaxramon bozori yaqinidan qayrilib olib, Yunusobod mavzesi 12-daha oxirgi bekatiga qadar yo‘lovchi oqimi gavjum katta oraliq bekatlarda to‘xtab harakatlanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

904

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing