“Yuqori martabali amaldorlar aloqaga chiqdi”. Xorijlik tarjimon “O‘tkan kunlar” uchun gonorarini oldi

Jamiyat

image

Avvalroq, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini ingliz tiliga tarjima qilgan amerikalik madaniyatshunos Mark Eduard Riz hanuz tarjima uchun qalam haqini olmaganini aytib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat yo‘llagani haqida xabar bergandik. 

Bugun, 20 oktyabr kuni Mark Eduard Riz o‘zining Twitter sahifasida muammo hal bo‘lganini hamda gonorar to‘lab berilganini ma’lum qildi

“Aziz do‘stlarim, AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi vaqt farqi bilan uzoq tun o‘tdi, lekin men bilan O‘zbekiston hukumatining yuqori martabali amaldorlari bog‘lanishdi va mening pul mukofotim muammosi hal qilindi”, deya yozgan Riz.

Uning qayd etishicha, ish haqi to‘lab berilishining 5 oyga cho‘zilib ketishiga yosh bir xodimning tajribasizligi sabab bo‘lgan. 

“Kichik xodim bu jarayonni O‘zbekiston fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan qanday rasmiylashtirishni bilmagan. Tajribasizlik va qat’iyatsizlik sabab ish haqini to‘lab berish besh oyga cho‘zilib ketdi. Muammoni hal qilgani uchun hukumatga rahmat”, deya qayd etgan Riz.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

435

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing