Yo‘qolib qolgan jurnalist topildi!

Olam

image

Rossiyaning “Interfaks” agentligining yo‘qolib qolgan jurnalisti Margarita Ignatova topildi. Uning salomatligi joyida. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi vakili Yuriy Titov ma’lum qildi.

“Uning hayotiga xavf yo‘q”, deb aniqlik kiritgan Titov.

Ma’lum bo‘lishicha, 29 yoshli Margarita 2 kun davomida uyi yaqinidagi cherkov yerto‘lasida yashagan. Uni cherkovdagi volontyorlardan biri topib olgan. Hozirda Ignatova tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilyapti. 

Jurnalist 17 noyabr, yakshanba kuni uyidan chiqib ketgan va qaytib kelmagan. Uning yonida pul, telefon va hujjatlari bo‘lmagan. Ignatova bedarak yo‘qolgan deb hisoblanib, Tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi ochilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist Interfaks

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing