Yuk mashinasi va miniven to‘qnashuvida o‘zbekistonlik og‘ir jarohatlandi

Olam

image

Rossiyaning Orenburg viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekiston fuqarosi jabrlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga tayanib xabar berdi.

YTH joriy yilning 8 dekabr kuni “Qozon-Orenburg-Akbulak” trassasida Ugolnoy qishlog‘i hududida Gazel yuk mashinasi va miniven to‘qnashgan. 

YTH natijasida voqea joyida 4 kishi vafot etdi, yana to‘rt kishi Sol-Iletsk shahridagi “Gorodskaya bolnitsa” davlat byudjet sog‘liqni saqlash muassasasiga yotqizildi. Jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarosi I.B. bor. Uning sog‘lig‘i holati uzoq muddatli davolanishni talab qiluvchi o‘rtacha og‘ir darajada.

Ta’kidlanishicha, Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va mahalliy hokimiyat va vatandoshimiz joylashgan tibbiy muassasa bilan doimiy aloqada bo‘lib turibti.

Rossiya OAV tarqatgan xabarlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida Qirg‘iziston fuqarolari bor. To‘qnashuvdan keyin ikkala transport vositasi ham yonib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH o'zbekistonlik Orenburg

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing