Yuk mashinalari harakatiga mavsumiy cheklovlar o‘rnatiladi – Prezident qarori
Jamiyat
−
23 Oktabr 2023
13358Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l xo‘jaligini yanada takomillashtirishga qaratilgan qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan boshlab avtomobil yo‘llarida bajariladigan ishlar turlariga qurilish va rekonstruksiya, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish kiradi.
Bundan tashqari, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashda, yo‘l qurilish ishlarini bajarishda, shuningdek, ularni qabul qilishda hajm va sifat ko‘rsatkichlarini nazarda tutuvchi tizim joriy etiladi.
Yil boshidan boshlab, avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish tugallangan ob’ektlarning asosiy konstruksiya elementlariga kamida uch yillik kafolat muddati joriy etiladi.
Qarorda keltirilishicha, avtomobil yo‘llarida havo harorati yuqori bo‘lgan davrda yuk mashinalari va avtopoyezdlar (tirkamalar) harakatiga mavsumiy cheklovlar o‘rnatiladi, faqatgina maxsus transport vositalari bundan mustasno.
Eslatib o‘tamiz, 20 oktyabr kuni o‘tkan videoselektorda yo‘llardagi harakat xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat ancha ayanchli ahvolda ekanini aytib, Transport vazirini tanqid qilgan edi.
LiveBarchasi