Yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanishiga sabab bo‘luvchi mahsulot ma’lum qilindi
Salomatlik
−
16 Sentabr 2021
19571Shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov qizil go‘sht yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanishiga olib kelishi mumkinligi haqida gapirdi.
Myasnikov qizil go‘shtning (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, ot go‘shti va boshqalar) haddan tashqari iste’mol qilinishini saraton kasalligining xavf omillaridan biriga bog‘lagan.
“Bu xuddi o‘sha mashhur qizil go‘sht: kolbasalar, sardelkalar, sosiskalar”, degan Myasnikov.
Mutaxassis bu ro‘yxatga mol go‘shti va qo‘y go‘shtini ham kiritgan.
“Onkologlar tamaki, alkogol va kimyoviy moddalar kabi bunday go‘shtni rasman kanserogen deb bilishadi”, deydi shifokor.
Myasnikov ichak saratoni uchun boshqa xavf omillari qatoriga
irsiyat va yarali kolitni kiritgan.
Bundan tashqari, shifokor kasallik alomatlarining boshlanishini kutishni emas, balki 50 yoshdan keyin kolonoskopiya tekshiruvidan o‘tib turishni maslahat bergan, chunki bu yoshgacha kasallik kam uchrashi ta’kidlangan.
LiveBarchasi