YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamaldi

Jamiyat

image

Kecha, 25 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi va haydovchi o‘rtasida tortishuv aks etgan video tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ushbu haydovchiga nisbatan 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangani haqida xabar berdi.

Video o‘rganilganda, joriy yilning 25 yanvar kuni belgilangan taqsimot asosida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Chorshanbe qo‘rg‘onida xizmat olib borgan YPX xodimlari tomonidan soat 12:10 larda, ushbu hududdda joylashgan tibbiyot birlashmasi binosi ro‘parasida harakatlanib kelgan, davlat raqam belgisi bo‘lmagan Cobalt rusumli avtomobil to‘xtatilgan.

YPX xodimi me’yoriy hujjatlarini so‘ragan vaqtida, haydovchi hujjatlari yo‘qligini ma’lum qilgan.

YPX xodimi belgilangan tartibda chora ko‘rishi zarurligini aytgan vaqtida haydovchi xodimlarga qarshilik ko‘rsatgan va o‘zaro tortishuv sabab atrofda fuqarolar to‘planishiga sabab bo‘lgan.

Haydovchi qarshilik ko‘rsatishda davom etib, avtomobilda voqea joyidan ketib qolgan.

YPX xodimi belgilangan tartibga ko‘ra, YHXB boshlig‘i nomiga bildirgi orqali murojaat qilgan. Bildirgi asosida surishtiruv ishlari olib borilib, haydovchi aniqlangan va unga nisbatan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudiga yuborilgan.

Sud tomonidan haydovchi O.X. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 194-moddasi 1-qismi va 195-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deya topilib, 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing