YPX xodimining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi
3-sahifa
−
19:06 2276 2 daqiqa
Namangan shahrida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan, o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimining o‘limi bilan bog‘liq mudhish hodisa yuzasidan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Islomjon Bahodirov Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi va Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi, Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi bilan 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan holda olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Shu bilan birga, uning harakatlarida yo‘l-transport hodisasini sodir qilish jinoyati qasddan sodir qilinganligi va yo‘l harakati qoidalarining 77-bandiga zid ravishda harakatlanib, o‘sha jinoyatni sodir qilganligi aybli deb topilib, unga nisbatan tegishli tartibda sud hukmi bilan jazo tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur holat 2025 yilning 21 noyabr kuni sodir etilgandi. YPX xodimlari tomonidan Namangan viloyati, Davlatobod tumani hududida harakatlanib ketayotgan Onix rusumli avtomashinaga to‘xtash ishorasi berilganida, tegishli hujjatga ega bo‘lmagan haydovchi xodimlarga bo‘ysunmasdan qochishga uringan. Shu vaqtda ratsiya orqali oldinroqda xizmat olib borayotgan katta serjant Vahobjon Mo‘minovga mazkur avtomashinani to‘xtatish chorasini ko‘rish yuzasidan xabar berilgan. U haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, shu vaqtda haydovchi yuqori tezlik bilan xodimni urib yuborib, uning hayoti uchun og‘ir tan jarohati yetkazgan. Katta serjant Vaxobjon Mo‘minov viloyat Tibbiyot birlashmasiga olib borilayotganida vafot etgan.
Live
Barchasi