YPX xodimini tosh bilan urmoqchi bo‘lgan haydovchi qamaldi

Jamiyat

image

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqda "GAIning duxini sindirish bo‘yicha master klass" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma’lumot bergandi. Unda haydovchi YPX xodimini qattiq jism bilan urmoqchi bo‘lgani aks etgan.

Bosh boshqarma Axborot xizmatining xabar qilishicha,  holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar kecha, 2 aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tuman sudida ko‘rib chiqilgan. 

 Fuqaro A.S. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deya topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

758

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing