YPX xodimi haydovchini elektroshoker bilan qiynaganiga izoh berildi
3-sahifa
−
24 mart 2022
20287Ijtimoiy tarmoqlarda Yo‘l-patrul xizmati inspektori elektroshokerdan foydalanib, haydovchini qiynagani aks etgan videotasvir tarqaldi. Ushbu holatga Ichki ishlar vazirligi izoh berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 24 mart kuni soat 12:00 larda Namangan shahar Islom Karimov va Qo‘qumboy shoh ko‘chalari kesishmasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori O.Turg‘unov Spark rusumli avtomobilni to‘xtatgan.
Spark’ning o‘tgan yilda 2 ta muddati o‘tgan jarimasi bo‘lgan, shu bois, inspektor avtomobilni jarima maydoniga joylash bo‘yicha ogohlantirilish bergan. Biroq, haydovchi qonuniy talabni bajarmasdan YPX xodimining xizmat faoliyatini davom ettirishiga to‘sqinlik qilgan.
Inspektor belgilangan tartibda haydovchini ogohlantirib, elektroshoker moslamasini qo‘llagandan so‘ng haydovchi mashinadan tushib, noma’lum tomonga ketib yuborgan.
Avtomobil vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilib, haydovchiga nisbatan xodimning qonuniy talabiga bo‘ysunmagani uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
LiveBarchasi