YPX inspektorini kaltaklagan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
24 yanvar 2022 14710 1 daqiqa
Navoiyda fuqaro YPX inspektorini kaltaklagani bo‘yicha Jinoyat kodeksining ikkita moddasi bilan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
YPX inspektori va fuqaro o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan Jinoyat kodeksining 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 140 (Haqorat qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Navbahor tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 22 yanvar kuni soat 12:20 larda haydovchining yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishi va uning yonida kunlik yo‘l varaqasi mavjud emasligi sabab ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib ketilayotgana fuqaro YPX inspektorini haqoratlab, kaltaklagandi.
Live
Barchasi