YPX, “dubinka” ko‘targan “Qora maskalilar” va Lacetti. Qashqadaryoda nima bo‘ldi? (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqda qora niqob kiyib olgan kuch ishlatar tuzilma xodimlari avtomobilni “dubinka” bilan urgani aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu voqea kecha, 27 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida sodir bo‘lgan. 

“Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyatida "Xavfsiz hudud" keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida yo‘llarda sohaviy xizmatlar xodimlari hamkorligida reydlar o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Ma’lum qilinishicha, YPX xodimlari tomonidan Lacetti rusumli avtomobil to‘xtatilgan vaqtda, haydovchi qonuniy talabni bajarmasdan avtomobilning oynasi va eshiklarini qulflab, oldinda turgan soha vakillarining ustiga transportni boshqargan. 

Mazkur jarayonda xodimlar tomonidan maxsus vositalar qo‘llanilib, haydovchini to‘xtatish choralari ko‘rilganligiga qaramasdan haydovchi voqea joyidan qochib ketgan. Hozirda YPX xodimining bildirgisi asosida bo‘ysunmay harakatlangan haydovchi yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga, tartibga soluvchilarning ishoralariga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4262

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing