IIO tizimlarida qo‘shimcha shtat birliklari joriy etiladi

Jamiyat

image
Toshkentda YPX xodimlari bodi-kameralar bilan ishlay boshladi north_east

Toshkentda YPX xodimlari bodi-kameralar bilan ishlay boshladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish va Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda “Yo‘l xaritasi deb ataladi”) ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasida aholiga ko‘rsatilayotgan ayrim xizmatlarni takomillanishi “Yo‘l xaritasi”da quyidagicha rejalashtiriladi.

Unga ko‘ra, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida shartnoma asosida (tadbirkorlik sub’ektlari bilan) faoliyat ko‘rsatuvchi ichki ishlar organlari DYHXX tizimlarida qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish.

Ichki ishlar organlari DYHXX tizimlarida shartnoma asosida shtat birliklarini joriy qilish tartibi to‘g‘risida keng jamoatchilik orasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkil etish.

Avtotransport vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar (diler) bilan shartnoma tuzgan holda ichki ishlar organlari DYHXX uchun shtat birliklarini joriy etish va tajriba tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida avtotransport vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar (diler)da sotilgan avtotransport vositalarini bevosita joyi (avtosalon)da davlat ro‘yxatiga olish tartibini joriy qilish.

Mas’ul ijrochilar - IIV, QR IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB, viloyatlar IIBlari hisobanadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ichki ishlar organlari qo'shimcha shtat

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing