Prezident bir guruh IIO xodimlarini taqdirladi

Jamiyat

image

25 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh soha hodimlarini mukofotladi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar taqdirlangan:

"Mardlik" ordeni bilan

  • Nodirjon Kodirjonovich Mardonqulov (marhum) – Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

"Do‘stlik" ordeni bilan

  • Viktoriya Aleksandrovna Gorbatsevich – Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi

"Jasorat" medali bilan

  • Jo‘rabek Muhamadiyevich Murodov – Samarqand viloyati Oqdaryo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
  • Sherzod Rahmatullayevich Suyarov  – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili

"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan

  • O‘ktam Baxromovich Asqarov – Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i
  • Sayidakbar Maxamatsodiqovich Qodirov – Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori
  • Ulug‘bek Sangirqulovich Qo‘shbarmoqov – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy tergov hibsxonasi xodimi
  • Dilmurod Mirxamdamovich Mirsodiqov – Toshkent shahar Uchtepa tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
  • Gulnora Toshpo‘latovna Mo‘ydinova – Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo‘limi bosh eksperti
  • Nodirbek Bahodirovich Sayidov – Toshkent viloyati Olmaliq shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
  • Marxabo Hikmatillayevna Xojiyeva – Navoiy viloyati Navoiy shahar ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi
  • Nizomjon Rajabboyevich Xudayorov – Xorazm viloyati Xonqa tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

"Sog‘lom turmush" medali bilan

  • Gulshod Pulatovna Adilova – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot bo‘limi bosh shifokori

"Shuhrat" medali bilan

  • Mamatali Hazratqulovich Aliboyev – Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori
  • Zafar Abirovich Do‘stov – Jizzax viloyati Arnasoy tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari
  • Farrux Nuriddinovich Indiaminov – Samarqand viloyati Samarqand shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 8-ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
  • Malik Perdebayevich Kazaxboyev – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati inspektori
  • Turg‘un RaximboyevichQo‘chkorov  – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari – ichki ishlar organlari faoliyatini uslubiy ta’minlash markazi boshlig‘i
  • O‘tkirbek Soibjonovich Qosimov – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i
  • Feruz Jumanazarovich Niyazov – Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani ichki ishlar bo‘limi 1-ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i
  • Yusufjon Ilhomjonovich Xidirov – Namangan viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i

Eslatib o‘tamiz, Sobiq ichki ishlar vaziri, 2018 yildan e’tiboran Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan taqdirlangandi. Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov esa Mustaqillik bayrami arafasida I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangandi


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ichki ishlar organlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing