YouTube videolarni Rossiya platformalariga uzatishni blokladi
Texnologiya
−
09 Oktabr
3768Rossiya video platformalari YouTube'dan videolarni avtomatik ravishda uzatishda muammolarga duch keldi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, RuTube va VK Video orqali videolarni avtomatik uzatishda uzilishlar kuzatilgan. Endi rus platformalari videolarni yuklab olishning qo‘shimcha usullarini izlashlari kerak. Bu jarayon esa bir necha kun davom etishi mumkin.
Ekspertlarning fikricha, YouTube o‘z kontentini boshqa platformalarga o‘tkazish bilan maqsadli kurashmayapti. Endi RuTube va VK Video Amerika xostingidan kontentni yuklab olish uchun xorijiy VPN xizmatlaridan foydalanishga majbur.
RuTube video uzatish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni tasdiqladi. Mutaxassislar rus va xorijiy IP- manzillaridan yuklab olishlar 12 soat davomida bloklanganligini payqadi. Qayd etilishicha, sayt xodimlari ijodkorlar videolarni uzatishda davom etishi uchun amaliy ishlarni olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalarni nazorat qilish federal xizmati (Roskomnadzor)ning Bosh radiochastota markazi (GRFC) provayderlarga Amerika videoxostingi YouTube tezligini to‘xtatishni buyurgandi.
LiveBarchasi