YouTube haqoratli izoh yozuvchilarni ban qilmoqchi
Texnologiya
−
15 dekabr 2022
3847YouTube haqoratli izoh yozgan foydalanuvchilarni bir sutkaga ban qila boshlaydi. Bu haqda “Techcrunch” nashri xabar berdi.
Dastlab platforma haqoratomuz izohlar yozgan foydalanuvchilarga bildirishnoma yuborishini ma’lum qildi. Agar foydalanuvchi bildirishnoma olganiga qaramay, haqoratomuz izohlarni yozishda davom etsa, xizmat ularga 24 soatga qadar boshqa izoh qoldirishni taqiqlaydi.
Ta’kidlanishicha, bildirishnomalar yuborish chorasi sinovdan o‘tkazilgan va sezilarli darajada muvaffaqiyatli ekanligi aniqlangan.
Hozirda bu chora faqat ingliz tilidagi sharhlar uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, platforma keyinchalik ko‘proq tillarni qamrab olishni maqsad qilgan.
“Maqsadimiz platformani haqorotomuz sharhlar bilan hamjamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilardan himoya qilish, shaffoflikni ta’minlash va ularga yo‘riqnomalarimizni tushunishga yordam berishdan iborat”, deydi platforma mutasaddilari.
Ma’lumot uchun, agar foydalanuvchi o‘z sharhini platforma tomonidan noto‘g‘ri olib tashlangan, deb hisoblasa, u o‘z fikr-mulohazalarini bildirishi mumkin. Biroq platforma fikr-mulohazalarni ko‘rib chiqqandan so‘ng sharhlarni qayta tiklash-tiklamasligi noma’lum.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi