Yoshlarforumi.uz platformasi orqali yoshlardan kelgan takliflar asosida alohida dastur qabul qilinadi
Biznes
−
14 dekabr 2021
5668"O‘zbekiston yoshlari forumi" doirasida Yoshlarforumi.uz platformasiga taklif yuborish muddati 12 dekabr soat 00:00 da o‘z nihoyasiga yetdi. Ma’lum qilinishicha, yoshlar tomonidan 7593 ta takliflar kelib tushgan.
Endilikda vazirlik, tashkilot va idoralar vakillaridan iborat tajribali ekspertlar guruhi tomonidan yoshlarning yuborgan takliflari o‘rganib chiqiladi. Eng yaxshi taklif egalari “O‘zbekiston yoshlari forumi” doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi va takliflar forum davomida mutasaddi tashkilotlar bilan muhokama qilinadi.
Shuningdek, takliflari eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan yoshlarga tez orada respublika miqyosidagi "O‘zbekiston yoshlari forumi"ga taklif etilgani to‘g‘risida elektron tarzda xabarnoma yuborish boshlanadi.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev forum yakunlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi