Dam olish kunlari O‘zbekistonning qaysi hududlarida yomg‘ir yog‘adi?

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda shanba kuni yomg‘ir yog‘ib, havo haroratining pasayishi kutilmoqda. Yakshanba kuni yog‘ingarchiliksiz o‘tadi, iliq va nam ob-havo kuzatiladi.

Bugun, 21 fevral kuni Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Bunday ob-havo Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryoda kuzatiladi. 
 
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, qolgan joylarda ob-havo quruq va iliq bo‘ladi. Harorat 12-17 daraja atrofida bo‘ladi.

Shanba, 22 fevral kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Mamlakatning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 8-13 darajagacha pasayadi va me’yorga yaqinlashadi.

Yakshanba, 23 fevral kuni esa O‘zbekiston hududiga Turkmaniston tomondan yana iliq va nam havo oqimi kiradi. Respublikaning katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzgi harorat yana ko‘tarilib, 12-17 daraja iliqni tashkil qiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing