Yaponiyaning yangi imperatori ilk bor xalq oldida chiqish qildi

Jamiyat

image

Yaponiya taxtiga o‘tirgan yangi imperator Naruxito ilk bor xalq oldida nutq so‘zladi, – deya xabar qiladi TASS.

Yangi imperatorni ko‘rish uchun Tokio markazidagi imperator saroyi oldida 140 ming yaponiyalik  to‘planishgan. Naruxito xalqqa murojaat qildi. “Taxtga o‘tirganim uchun tabriklab kelganlaringizdan juda ham minnatdorman. Barchangizga sog‘lik va baxt tilayman. Men xalqimning kelgusi taraqqiyoti va butun dunyoda tinchlik hukmron bo‘lishi uchun xizmat qilaman”, –  dedi U .

Saroyning qo‘riqlanadigan balkonida nutq so‘zlagan imperatorga rafiqasi Masuko xonim hamrohlik qildi. Imperator Naruxito kun davomida 6 marotaba xalqqa ko‘rinish bergan.

Shuningdek, imperator oilasining boshqa a’zolari ham xalqqa ko‘rinish bergan. Biroq taxtdan voz kechgan sobiq imperator Akixito va uning rafiqasi Mitiko xonim ular orasida bo‘lmagan. 

Yangi monarxni ko‘rish uchun kelgan ko‘plab yaponiyaliklar ikki soat davomida tik turib olqishlashgan. Ular orasida bo‘lganlarning 120 nafardan oshig‘i oftob urishi natijasida shifoxonaga jo‘natilgan.

Avval xabar qilganimizdek, imperator Naruxito joriy yilning 1 may kuni Yaponiya taxtiga o‘tirgan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing