“Yirtiqni yamab esing ketar” yoxud “Bunyodkor”ga yangi chim yotqizildi (foto)
Sport
−
09 noyabr 2022
14971Toshkent shahrida joylashgan "Bunyodkor" stadioniga O‘zbekiston iqlimiga mos keluvchi maxsus chimlar yotqizildi. Bu haqda stadion matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq, mutaxassislar tomonidan stadionning drenaj tizimi majmua qurilganidan buyon ishlamagani ma’lum qilingandi. Natijada maydon maysasi chirib boravergan.
Ma’lumki, 2023 yilda O‘zbekistonda futbol bo‘yicha U-20 Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi. Shu maqsadda maydonda qayta ta’mirlash ishlari boshlangan edi.
Xabar qilinishicha, stadion maydoni to‘laligicha qaytadan barpo etilgan. Maydon sathi 1 metr ko‘tarilgani xabar qilindi.
Ma’lumot uchun, "Bunyodkor" stadioni 2012 yilning 31 avgust kuni foydalanishga topshirilgan. Majmua o‘z bag‘riga 34 ming nafar muxlisni sig‘dira oladi.
LiveBarchasi