Yirik korxonalar yangi qurilish ob’ektlariga qancha xarajat qilgani ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yirik quruvchilik korxonalari tomonidan yangi qurilish hisobida 22 936,6 mlrd. so‘m xarajat qilingan. Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bunyodkorlik ishlari avj olgan. Bu oxirgi besh yilda qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni ortganida ham aks etadi. 

Qo‘mitaning qayd etishicha, 2022 yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 2018 yilga nisbatan 1,6 barobarga oshgan. Korxonalar sonining yillar kesimida o‘sishi quyidagicha:

2018 yilda – 28 406 ta
2019 yilda – 36 027 ta
2020 yilda – 40 345 ta
2021 yilda – 45 259 ta
2022 yilda – 46 280 ta

Shuningdek, qo‘mita tomonidan yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari soni ham ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-oktyabr oylarida yangi ochilgan bunday tashkilotlar 2018 yilning mos davriga nisbatan 74,0 foizni tashkil etgan. Joriy yilda jami 4 033 ta yangi qurilish korxonasi tuzilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing