“Yiliga $9 mlrd daromad boy berilmoqda”. Mirziyoyev rahbarlarning ilmga e’tiborini past baholadi

Jamiyat

image

Bugungi kunda O‘zbekistonning tolani qayta ishlash quvvati 1 million 300 ming tonnaga yetgan bo‘lsa-da, mamlakatda 1 million tonna tola ishlab chiqariladi. Bu haqda bugun, 28 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilmga asoslangan urug‘chilik va agrotexnologiyalar hisobiga paxta ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda paxtani chuqur qayta ishlash asosida to‘qimachilik mahsulotlari eksportini ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Prezidentga ko‘ra, hozirning o‘zida 300 ming tonna tola yetmayapti. Kelgusi besh yilda bu ehtiyoj yana 600 ming tonnaga oshadi. Shundan 300 ming tonnasi sun’iy tola bo‘lsa, yana kamida 300 ming tonna paxta tolasi zarur.

“Nima uchun Turkiyaning paxta maydoni bizdan 2 karra kam bo‘lsada, tolani deyarli teng hajmda ishlab chiqaradi? Buning asosiy sababi — hali ilmga, zamonaviy texnologiyalarga joylardagi rahbarlarning e’tibori va mas’uliyati past”, dedi Prezident.

Davlat rahbari qayta ishlash borasidagi ishlar ahvoliga ham to‘xtaldi. Unga ko‘ra, ip-kalavani tayyor mahsulotgacha qayta ishlash darajasi mamlakatda 23 foizni tashkil etadi. Buning oqibatida yiliga 9 milliard dollar daromad boy berilmoqda.

Yig‘ilishda agar mutasaddilar tuman hokimlari va klasterlar bilan ishlarni to‘g‘ri tashkil qilsa, to‘qimachilikdagi ish o‘rinlarini hozirgi 400 mingdan bemalol 1 millionga ko‘paytirish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

246

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing