Yil oxiriga qadar 17 turdagi foydali qazilmalar zaxirasi ko‘paytiriladi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi oldidan Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan joriy yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot eshitildi.

Qayd etilganidek, mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish bo‘yicha 2019 yilda amalga oshiriladigan geologiya-qidiruv ishlarining dasturi ishlab chiqilib, zarur vazifalar tasdiqlangan. Mazkur dasturga asosan joriy yilda jami 388 loyiha doirasida bajariladigan geologiya-qidiruv ishlariga 788 milliard so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. 

Ushbu mablag‘lar hisobidan yil yakuniga qadar oltin, kumush, uran, qo‘rg‘oshin, rux, mis, volfram, kvars xomashyosi, bazalt kabi 17 turdagi foydali qazilmalar zaxiralari ko‘paytiriladi.

Joriy yilning I choragida 329 loyiha asosida geologiya-qidiruv ishlari olib borilib, ushbu ishlarga 90,9 milliard so‘m mablag‘ sarflangan. Oltin, uran, volfram, temir, rangli metallar va yer osti suvlarini qidirish va zaxiralarini oshirish bo‘yicha belgilangan reja asosida burg‘ulash, tog‘-kon ishlari va zovur qazish hamda tozalash ishlari bajarildi.

Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida 30 ta yangi kon aniqlash rejalashtirilgan. Shundan birinchi chorakda sement uchun ohaktosh va bentonit gil xomashyosi bo‘yicha 2 ta yangi kon aniqlangan.

Tadbirda sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yo‘nalishida olib borilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Shu bilan birga, sohada o‘z yechimini kutayotgan muammolarga ham e’tibor qaratildi. Xususan, geologiya-qidiruv borasida dala tog‘-kon ishlarini bajarish bo‘yicha belgilangan loyihalar to‘liq yakunlanmagani, ayrim yo‘nalishlardagi ishlar lozim darajada tashkil qilinmagani sababli geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish maqsadida joriy yil I choragiga mo‘ljallangan asbob-uskunalar uchun ajratilgan 4,4 milliard so‘m mablag‘ o‘zlashtirilmagan. 

Ichimlik suvi rerurslaridan oqilona foydalanish, hududlarda o‘zboshimchilik bilan qazib olingan noqonuniy quduqlarni tartibga solish va ichimlik suvi tarkibini o‘rganish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

geologiya

Baholaganlar

5

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing