Yil boshidan beri qancha o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlashga ketgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning iyun oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning 22 mingdan ortiq fuqarosi tashkiliy ishlar doirasida Rossiyaga ketgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

“Yanvar-iyun oylarida pandemiya sharoitida ish beruvchilar bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida 22 116 nafar O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasida ishlashga jalb qilish va jo‘natish tashkillashtirildi”, deyiladi agentlik xabarida.

Bundan tashqari, 3 354 nafar fuqaro Qozog‘istonda, 1 123 nafari Turkiyada, 826 nafari Janubiy Koreyada, yana 1 574 nafari boshqa mamlakatlarda ish bilan ta’minlangan.

Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi olti oy ichida jami 28 993 nafar o‘zbekistonlik shartnoma asosida chet elga ishlash uchun ketgan.

Avvalroq, respublika parlamenti qonunchilik palatasi 2020 yilda tashkiliy majmua tarkibida ishlash uchun faqat 11 ming nafar mehnat muhojiri (yoki chet elga ishlashga ketganlarning umumiy sonining 0,6 foizi) ketgani haqida xabar bergan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiyada vaqtincha ishlash uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy ravishda jalb qilish va saralash to‘g‘risidagi kelishuv 2017 yil 5 aprelda imzolangan.

“Sputnik” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, aholisi 34,5 milliondan ortiq bo‘lgan O‘zbekistonning 1,6 millionga yaqin aholisi respublikadan tashqarida ishlaydi. Mehnat muhojirlarining katta qismi Rossiya Federatsiyasida ish faolyatini olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant Turkiya muhojir Koreya

Baholaganlar

206

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing