Yevroparlament Ukraina bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi
Olam
−
14 noyabr
2988Yevropa parlamenti Ukrainaga yordamni davom ettirish uchun 19 noyabr kuni navbatdan tashqari favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda Bryusseldagi yalpi majlisda Yevroparlament spikeri Roberta Metsola ma’lum qildi.
Spiker Ukraina Prezidenti ham ushbu yig‘ilishda ishtirok etib, nutq so‘zlashini ta’kidlagan.
“19 noyabr soat 11:00 da navbatdan tashqari favqulodda yig‘ilish o‘tkazamiz. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham bizga qo‘shiladi”, degan u.
Shuningdek, Yevropa ittifoqi vakillari respublikachi Donald Tramp AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongach, u Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishidan cho‘chimoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radaga “g‘alaba rejasi”ni taqdim etgandi. Mazkur reja besh banddan iborat. Shuningdek, u uchta maxfiy qoidani o‘z ichiga oladi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr