Yevroparlament Belarus AESning ish boshlashiga qarshi chiqdi

Olam

image

Yevropa parlamenti Litva bilan chegara yaqinidagi Ostrovets shahrida Belarus atom elektr stansiyasini ishga tushirishni to‘xtatishni talab qildi. Yevropa Parlamenti deputatlari atom elektr stansiyasining xavfsizligidan xavotir bildirgan.

Qaror qabul qilinishiga 642 deputat ovoz bergan, 29 kishi qarshi, 21 kishi betaraf qolgan.

Parlament a’zolari Belarusni atom elektr stansiyasining shoshilinch ishga tushirilishi va reaktorning tez-tez favqulodda to‘xtab qolishi hamda uskunalarning ishlamay qolishi haqida rasmiy hisobotlarning yo‘qligi uchun tanqid qilgan. Ular xavfsizlikni yaxshilash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilguncha Belarus AESini ishga tushirishni keyinga qoldirishni talab qilmoqda. Deputatlar Minskni xalqaro yadroviy va ekologik xavfsizlik standartlariga rioya qilishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing