Yevropaning yana bir davlatida maymun chechagi aniqlandi

Olam

image

Germaniyada maymun chechagi bilan kasallanishning birinchi holati tasdiqlandi. Bu haqda “Focus Bundesver” nashriga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

Nashr qaysi hududda va qachon infeksiya holati aniqlangani haqida batafsil ma’lumot keltirmagan.

Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi epidemiyasini muhokama qilish uchun ekspertlarning favqulodda yig‘ilishini chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha AQSH, Buyuk Britaniya, Portugaliya va Ispaniyada maymun chechagi infeksiyasi holatlari aniqlangan.

Maymun chechagi haqida nima ma’lum?

Maymun chechagining dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i va mushak og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, titroq va ozg‘inlik kiradi. Kasal bo‘lganlarda ko‘pincha yuzda boshlanib, keyin tananing boshqa qismlariga, jumladan qo‘llar, oyoqlar va jinsiy a’zolarga tarqaladigan toshma paydo bo‘lishi mumkin. Maymun chechagi hayvonlarning chaqishi, ifloslangan buyumlar yoki kasal odam bilan yaqin aloqa qilish orqali yuqishi mumkin. Virusga qarshi dorilar yo‘q.
 
Infeksiya yuqtirgan odamlarning aksariyati bir necha hafta ichida tuzalib ketadi. Biroq, birinchi marta 1970 yilda kashf etilgan maymun chechagining eng halokatli shtammlari kasal bo‘lganlarning 10 foizini o‘ldirishi mumkin. 

So‘nggi kunlarda AQSHda ham maymun chechagi bilan kasallanish holatlari aniqlangan. Shu munosabat bilan AQSH hukumati chechakka qarshi 13 million vaksina sotib olishga buyruq bergan.

 

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing