Yevropaning “Tilla bola”si aniqlandi

Sport

image

Italiyaning “Tuttosport” gazetasi Yevropaning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisi uchun “Golden Boy” mukofoti g‘olibini e’lon qildi. Ushbu sovrin “Barselona”ning 18 yoshli yarim himoyachisi Pedri Gonsales Lopesga nasib etdi.

Pedri “Barselona” tarixida 2005 yildan buyon Lionel Messidan so‘ng, ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi.

Kataloniya klubi futbolchisi “ko‘k-anorranglilar” safidagi birinchi mavsumida Ronald Kumanning asosiy tarkibidan muqim joy oldi. Shuningdek, Luis Enrike murabbiyligidagi Ispaniya terma jamoasida Yevro-2020 yarim finaliga qadar yetib bordi. Avgust oyida esa Ispaniya Olimpiya terma jamoasi tarkibida Tokio Olimpiadasining kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Pedri o‘tgan mavsum davomida 73 o‘yinda (“Barsa”da 52 ta va Ispaniya safida 21 ta) 5000 daqiqadan ko‘proq vaqt maydonda harakat qildi. Shu sababli joriy mavsumda bir necha marta jarohat oldi.

Shuningdek, mukofotga nomzodlar: Karim Adeyemi (“Zalsburg”), Jud Bellingem (“Borussiya Dortmund”), Eduardo Kamavinga (“Real Madrid”), Sharl de Ketelare (“Bryugge”), Gavi (“Barselona”), Brayan Xil (“Tottenhem”), Rayan Gravenberch (“Ayaks”), Meyson Grinvud (“Manchester Yunayted”), Daniel Maldini (“Milan”), Jamol Musiala (“Bavariya”), Nunu Mendesh (PSJ), Roberto Pikkoli (“Atalanta”), Jeremi Pino (“Vilyarreal”), Jovanni Reyna (“Borussiya Dortmund2), Rodrigo Reyna (“Borussiya Dortmund”), Rodrigo Saka (“Arsenal”), Florian Virs (“Bayer”), Uilyam Saliba (“Marsel”), Yurriyen Timber (“Ayaks”).

Ma’lumot uchun, sovrin joriy yilning 15 dekabr kuni Turinda topshiriladi. “Barselona” undan bir kun avval Saudiya Arabistonida “Boka Xuniors”ga qarshi “Maradona kubogi” o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Biroq futbolchining jarohati Italiyaga yetib borish uchun to‘sqinlik qilmaydi.

“Golden Boy” sovrinini o‘tgan yili Erling Xoland, 2019 yilda Joau Felish, 2018 yilda Mattias De Lixt va 2017 yilda esa Kilian Mbappe qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Golden Boy Pedri Tuttosport

Baholaganlar

35

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing