Yevropaning uch yirik davlati jaziramadan yonishi mumkin

Olam

image

Ispaniyaning salmoqli qismi, Fransiyadagi Ron vodiysi va Italiyaning materik bir qismida O‘rtayer dengizi g‘arbiy qismidagi jazirama to‘lqinlar tufayli yong‘in xavfi yuqori darajaga yetdi. Bu haqda “Associated Press” Yevropa meteorologlariga tayanib xabar berdi.

Yevropa Ittifoqining “Kopernik” favqulodda sun’iy yo‘ldosh kartografiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Italiyaning Sardiniya va Sitsiliya orollarida ham yong‘in xavfi yuqori.

Yevropa Ittifoqi rasmiylari yozda yong‘in xavfi ostida qolgan mamlakatlarga yordam berish uchun 12 ta o‘t o‘chirish samolyoti va vertolyotlarini ajratgan.

Ayni paytda Fransiya va Ispaniyada havo harorati selsiy bo‘yicha 40 darajadan, Germaniyada esa 38 darajadan oshdi. Fransiyalik meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, bugun, 18 iyun kuni mamlakatda havo harorati selsiy bo‘yicha 43 darajaga yetishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1051

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing