Yevropaning taqdiri tabiatga bog‘liq – “Bloomberg”

Olam

image

Rossiya dunyo mamlakatlarini suyultirilgan tabiiy gaz (STG) va ko‘mir bilan yetarli darajada ta’minlash uchun poygalardan voz kechar ekan, Yevropaning kelayotgan qishda sovuqda qolmasligi ko‘p jihatdan tabiatga, so‘ngra Osiyoning uchta davlati – Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoyga bog‘liq bo‘ladi. Bu haqda “Bloomberg” axborot agentligi yozmoqda.

Dengiz ko‘miri va suyultirgan tabiiy gazning dunyodagi eng yirik importchilardan bo‘lgan ushbu uch Osiyo mamlakati kelayotgan qishda energiya resurslarini Yevropa bilan bo‘lishishi mumkin. Meteorologlar qishki ob-havo sharoitlari haqida aniq prognozlar aytishiga hali erta, biroq uch mamlakatda haroratning keskin pasayishi haqidagi har qanday prognoz STG va ko‘mir uchun yanada qizg‘in kurashni keltirib chiqarishi mumkin.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi jahon savdo oqimini to‘xtatib, ko‘mir va tabiiy gaz narxining rekord darajada ko‘tarilishiga sabab bo‘lganidan keyin yoqilg‘i uchun xalqaro raqobat kuchaydi. 

Nashrning yozishicha, Yevropa Komissiyasi kelgusi haftadan boshlab Rossiya ko‘miriga to‘liq taqiq qo‘yadi. Rossiyaning “Gazprom” transmilliy kompaniyasi Yevropaga gaz oqimini qisqartirdi. Rossiya tarixan Yevropa Ittifoqiga gazning eng yirik yetkazib beruvchisi bo‘lgan va talabning qariyb 40 foizini qoplagan.

“Albatta, ob-havo, ayniqsa, Yaponiya va Koreya uchun katta xavfdir. Rossiyaning Yevropaga gaz yetkazib berish darajasi pastligicha qolgani holda qishning odatdagidan sovuqroq bo‘lishi, narxlarning keskin oshishiga olib kelishi mumkin. Chunki qo‘shimcha mahsulotlarni topish juda qiyin bo‘ladi”, deydi “Bloomberg” energiya tahlilchisi Abxishek Roxatgi.

Yevropa davlatlari qishga tayyorgarlik ko‘rish, gaz iste’molini qisqartirish va zaxiralarini to‘ldirish uchun suyultirilgan gaz importini ko‘paytirmoqda. Shuningdek, ko‘mirdan energiya oluvchi issiqlik elektr stansiyalarini qayta ishga tushirishni boshlagan. Shu o‘rinda Osiyo davlatlari, xususan, Xitoy o‘zida ishlab chiqarish ko‘paygani hamda koronavirus sabab kuzatilayotgan iqtisodiy passivlik sabab ko‘mir va suyultirilgan gaz importini qisqartirgani, Yevropaga qo‘l kelmoqda.

Bundan tashqari, Osiyoning uchta davlati ham qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirdi. Yaponiya va Janubiy Koreya may oyida quyosh energetikasidan rekord darajada foydalandi. Xitoy yilning birinchi yarmida gidroenergetika iste’moli ko‘paygani sabab ko‘mir yoqishni kamaytirdi.

Shunga qaramay, Yevropadan qo‘shimcha xaridlar bu yil gaz va ko‘mir narxlarini rekord darajaga ko‘tardi. Qishda raqobat yanada shiddatli bo‘lishi mumkin. 

“Bloomberg”  ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiya va Janubiy Koreya gaz g‘amlashni boshlagandan so‘ng, energiya resurslari xaridini ko‘paytirishi mumkin. Yaponiyaning ko‘mir zaxiralari ham juda past va ikki davlat yil oxirigacha elektr stansiyalari uchun yoqilg‘i sotib olish kutilyapti.

Agentlik energiya tahlilchisi Ali Asqarning ta’kidlashicha, Yaponiya va Koreya ko‘mir uchun Yevropa bilan kurashadi.

Muhayyoxon Habibullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

225

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing