Yevropadagi eng katta vulqon otildi (video)

Olam

image

Joriy yilning 9 avgustida Italiyaning Sitsiliya orolidagi Etna vulqoni otila boshladi. Vulqon hodisasi tungi soat 01:40 da boshlangan va taxminan soat 05:00 da to‘xtagan. Bu haqda “Rai News” xabar berdi. 

Milliy geofizika va vulqonshunoslik institutiga tegishli Etneo rasadxonasining ma’lumot berishicha, Yevropadagi eng katta vulqondan otilgan lava oqimi juda yuqori bo‘lgan. Lava Etna vulqonining janubiy-sharqiy krateridan yoyila boshlagan, shuningdek, tonggi soat 03:00 dan esa, janubi-g‘arbiy yo‘nalishga ham keng tarqalgan.

Vulqon otilgan vaqtda hududda 4,5 magnitudali zilzila qayd etilgan. Aeroportlar ishlayapti, ammo hodisa oqibatida Kataniya aeroportidan amalga oshiriladigan reyslar kechiktirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, otilgan vulqon dengiz sathidan 3357 metr balandlikka yetgan va rekord o‘rnatgan.

Qayd etilishicha, Sitsiliyadagi ushbu vulqon 2021 yil iyul oyida ham otilgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 avgust kuni Indoneziyaning Yava orolida joylashgan Merapi vulqoni otilgani haqida xabar bergandik. Merapi vulqonida taxminan 7 marta lava otilishi kuzatilgan. Hodisa oqibatida hududdagi bir nechta aholi punktlari zararlangan va 5 km radiusda istiqomat qiluvchi aholi evakuatsiya qilingandi.

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing