Yevropadagi 3 davlat Ukraina uchun Amerika qurollariga pul to‘lashdan bosh tortdi

Olam

image

NATOning Yevropadagi uchta davlati – Fransiya, Italiya va Chexiya Ukraina uchun Amerika qurollariga pul to‘lash tashabbusida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda kecha, 15 iyul kuni turli o‘z manbalariga tayanib, “Politico” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Fransiyaning salbiy pozitsiyasi mamlakat Prezidenti Emmanuel Makron uzoq vaqtdan beri yevropaliklar ichki xaridlar orqali o‘z mudofaa sanoatini rivojlantirishni ta’kidlab kelayotgani bilan izohlanadi. Ayni paytda Fransiya hukumati byudjet taqchilligi bilan kurashishga urinar ekan, o‘zining mudofaa xarajatlarini oshirishda qiynalmoqda.

Xuddi shu sabablarga ko‘ra – byudjet – Italiya ham xaridlarni to‘lash tashabbusiga qo‘shilishni istamaydi. Italiyaning byudjet imkoniyatlari deyarli yo‘q.

“Bu yerda hech qachon Amerika qurollarini sotib olish haqida gap bo‘lmagan”, deydi “La Stampa”nashrining Italiya Mudofaa vazirligidagi manbalari.

Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala ham uning mamlakati Ukraina uchun Amerika qurollarini sotib olishda ishtirok etish niyatida emasligini aytdi.

“Chexiya “Chexiya o‘q-dorilari tashabbusi” kabi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashning boshqa loyihalari va yo‘llariga e’tibor qaratmoqda. Shuning uchun, hozirgi bosqichda biz ushbu dasturda ishtirok etishni ko‘rib chiqmayapmiz”, dedi u “Publico” nashri uchun sharhida.

“Politico” Germaniyani Ukrainaga Amerika qurol-yarog‘i yetkazib berish uchun to‘lash g‘oyasining asosiy tashabbuskorlaridan biri sifatida ko‘rsatmoqda. Germaniya kansleri Fridrix Mersning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda u AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan bir necha bor gaplashgan va uni Germaniya yetkazib berishda “hal qiluvchi rol o‘ynashiga” ishontirgan.

“Mers hukumati fikricha, Amerika qurollarini sotib olish Yevropaning cheklangan ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olgan holda Ukrainani zarur vositalar bilan tezda ta’minlashning bir necha yo‘llaridan biridir”, deb yozadi “Politico”.

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte, shuningdek, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Daniya, Shvetsiya, Norvegiya va Kanadani Amerika ta’minoti uchun to‘lov tashabbusi tarafdorlari deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, 14 iyul kuni Tramp AQSH va uning ittifoqchilari Ukrainaga qurol yetkazib berish bo‘yicha kelishuv tuzganini, unga ko‘ra, Kiyevga Amerika qurollari yetkazib berilishini, Shimoliy Atlantika ittifoqi davlatlari esa buning uchun pul to‘lashini ma’lum qilgandi. Ertasi kuni Tramp Ukrainaga Patriot tizimlari uchun raketalar yetkazib berish allaqachon Germaniyadan yuborilayotganini, keyin esa Germaniya ularni almashtirishini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Chexiya Frantsiya Ukraina Italiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing