Yevropada yakkalangan Rossiya Osiyo futbol assotsiatsiyasiga kiradimi?

Sport

image

Rossiya Osiyo futbol assotsiatsiyasiga kirmaydi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi (RFI) rahbari Aleksandr Dyukov so‘zlariga tayanib, “Sport-Ekspress” nashri xabar berdi.

“Biz RFIni UEFA'dan Osiyo futbol assotsiatsiyasiga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqmayapmiz. Biz UEFA a’zolaridan birimiz va ushbu tashkilotda qolamiz. UEFA ijroiya qo‘mitasi va konferensiyasi yig‘ilishi oldidan RFIni UEFA'dan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi haqida ko‘plab mish-mishlar tarqaldi, ammo bu hech qanday asosga ega bo‘lmagan bekorchi gaplar. Konferensiyada qatnashdik, men ijroiya qo‘mitasining majlisida ham qatnashdim. Bunday savol yo‘q edi, hech kim RFIni UEFA'dan chiqarib yuborish masalasini ko‘tarmadi ”, degan RFI prezidenti Aleksandr Dyukov.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda bo‘lib o‘tgan UEFA ijroiya qo‘mitasining navbatdagi majlisida 2023 yilda bo‘lib o‘tadigan barcha musobaqalardan Rossiya terma jamoalari va klublari chetlashtirilgan edi. Shundan so‘ng, rus matbuoti Osiyo futbol assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish masalasida yoza boshlagan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing