Yevropada qurol zaxirasi tugayapti – FT
Olam
−
19 iyul 2022
15145Rossiyaga qarshi kurashayotgan Ukrainaga ko‘plab qurollar yetkazib berilishi sabab Yevropa zaxiralarining tagi ko‘rinishni boshlagan. Bu haqda “Financial Times” gazetasi yozmoqda.
Qayd etilishicha, Yevropa qurol-yarog‘ zaxiralarini to‘ldirish haqida bosh qotirishni boshlashi kerak.
“Mamlakatlar Rossiyaning oldinga siljishini ushlab turish uchun milliy zaxiralardan yuzlab tanklar, bir nechta yalpi reaktiv hujum tizimlari va artilleriyalarni topishga intildi. Bu zaxiralar endi tugayapti”, deyiladi maqolada.
Ayrim rus nashrlarining nomi zikr etilmagan yevropalik ekspertlarga tayanib yozishicha, Ukraina atrofidagi vaziyat Yevropa Ittifoqining harbiy to‘qnashuvlarga tayyor emasligini ko‘rsatgan.
Qayd etish kerakki, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida AQSH boshliq G‘arb davlatlari rasmiy Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatib kelyapti. Polsha, AQSH va Britaniya qurol yetkazib berish bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi. Ammo so‘nggi vaqtlarda Ukrainaga qurol yetkazib berish kamaygandek.
LiveBarchasi