Yevropada gaz narxi keskin pasaydi
Olam
−
14 Oktabr 2022
16978Yevropada noyabr oyida yetkazib berilishi mo‘ljallangan tabiiy gaz narxi 5 foizga kamayib, har ming metr kub uchun 1600 dollardan pastga tushdi. Bu haqda Londonning ICE birjasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 14 oktyabrda Toshkent vaqti bilan soat 15:00 holatiga ko‘ra, yoqilg‘i narxi ming kub metr uchun 1581 dollarga tushdi. Bu narxlar salkam 1505 dollargacha pasayganini anglatadi.
So‘nggi bir yarim oy ichida, "Shimoliy oqim" quvuri gaz yetkazib berishni to‘xtatganidan beri, Yevropa uchun gaz narxi o‘zining tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichlaridan ikki baravar ko‘proqqa pasaydi. Bunday ko‘rsatkich Rossiyadan gaz yetkazib berish hajmining keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Gaz narxlarining pasayishi, yaqinlashayotgan qish davrining boshlanishi haqidagi qo‘rquvning ham kamayishiga sabab bo‘ldi.
Qayd etilishicha, gaz narxlarining pasayishiga, yerosti gaz omborlarini gaz bilan to‘ldirish kutilganidan tezroq davom etishi sabab bo‘lgan. Oktyabr oyi o‘rtalarida Yevropa o‘zining yerosti omborlariga 100 milliard kub metr gaz quydi, bu o‘tgan qishdagi o‘rtacha iste’molning taxminan 40 foizini tashkil qiladi.
Bundan tashqari, sentyabr oyida Qo‘shma Shtatlardan gaz yetkazib berishning o‘sishi qayd etildi. Amerikada ishlab chiqarish o‘sishi rekord darajaga yetdi. Bu esa, “Freeport” terminalining qayta tiklanishi va yuk tashish hajmini oshishiga sabab bo‘ldi.
Temur Jumayev
LiveBarchasi