Yevropa uchun asosiy vazifa qishdan omon qolish – iqtisodchi Pavel Boris

Olam

image

Yevropa mamlakatlari uchun eng dolzarb muammo kelayotgan qishdan omon qolish vazifasiga aylandi. Bu haqda Polsha Taraqqiyot jamg‘armasi rahbari Pavel Boris “Business Insider” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Mutaxassis yozgi ta’tildan so‘ng Polshani jiddiy sinovlar, jumladan, energetika inqirozi, yuqori foiz stavkalari va iqtisodiy tanazzul kutayotganini aytgan. Borisning fikricha, Yevropa Ittifoqi hal qiluvchi bo‘lgan qattiq qishga tayyorgarlik ko‘rishi kerak.

“Bu muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonaman. Agar Yevropa va AQSH birlashgan va qat’iyatli bo‘lsa, vaqt Rossiyaga qarshi ishlaydi”, deydi iqtisodchi.

Avvalroq, “Gazprom” Yevropada gaz narxi qishda har 1000 kub metr uchun 4000 dollardan oshishi mumkinligini xabar qilgan edi. Hozir spot birjalarda xomashyo narxi 2,5 ming dollardan oshgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yil Yevropa bozori gaz inqiroziga duch kelgan edi. Mutaxassislar buni yirik yetkazib beruvchilarning cheklangan ta’minoti, yer osti omborlari bilan bandlik darajasi pastligi va Osiyoda suyultirilgan gazga talabning yuqoriligi bilan izohlagan.

Endi Yevropa Ittifoqi Rossiya eksporti bilan davom etayotgan keskinlik tufayli bosim ostida qolyapti.

Oxirgi kunlarda vaziyatga Yevropa mintaqasida sodir bo‘layotgan issiq ob-havo ta’sir ko‘rsatmoqda, buning oqibatida muqobil manbalar orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaymoqda.

Eslatib o‘tamiz, Moskva joriy yilning 1 aprelidan do‘stona bo‘lmagan davlatlar bilan Rossiya milliy valyutasida hisob-kitoblarga o‘tgan. Buning uchun xaridorlar “Gazprombank”da valyuta va rubl hisoblarini ochishlari kerak. Ushbu talabni bajarmagani sababli Bolgariyani Rossiya gaz ta’minotidan uzib qo‘ygan. 

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing