Yevropa Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash uchun shart qo‘ydi

Olam

image

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha yuqori vakili Jozep Borrel qarama-qarshiliklarga qaramay, Moskva bilan ishlashga tayyorligini va ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash shartini e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” yozmoqda

Jozep Borrelning aytishicha, Yevropa Ittifoqi Moskva bilan imkon darajasida munosabatlarni yaxshilashga tayyor. Faqat buning uchun Rossiya “haqiqiy ochiqlik siyosatini” namoyish etishi hamda Yevropa Ittifoqining qadriyat va tamoyillariga amal qilishi kerak. 

“Biz Rossiyaga umumiy masalalarda ishlashga tayyorligimiz haqida aytmoqchimiz, bu Rossiyaga nisbatan siyosatimizning bir qismidir. Biz [ikki o‘rtadagi] ochiq aloqa kanallarini faolligicha qoldirishimiz kerak”, deydi Borrel.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarda “uchta asosiy tushuncha: tiyilish, qarshi kurash va o‘zaro ta’sir”dan foydalanish zarur.

Yevropa Ittifoqining katta diplomatiga ko‘ra, Rossiyaning o‘zi ikki o‘rtaga sovuqchilik tushirmoqda.

“Rossiyaning o‘zi ziddiyatlarni kuchaytirmoqda, dezinformatsiya kampaniyalarini olib bormoqda. Doimo Rossiya bilan to‘qnashuvlardan qochishimizga to‘g‘ri kelyapti. Aynan Rossiya o‘zini Yevropa Ittifoqiga nisbatan raqibdek tutmoqda... Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan munosabatlarda qiyin paytlarga tayyorlanishi kerak”, deydi Borrel.

Ma’lumot uchun, 2021 yil boshidan buyon Yevropaning 10 dan ortiq davlati Rossiya diplomatlarini mamlakatdan chiqarib yuborgan. Bunga Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyning qamalishidan tortib Moskvaning josuslik va maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritishgacha bo‘lgan harakatlari sabab bo‘lmoqda. O‘z o‘rnida rasmiy Moskva ham Yevropa davlatlariga javoban xuddi shunday choralar ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

519

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing