Yevropa rasman Xitoy bilan “urush”ga kirdi
Olam
−
02 dekabr 2021
47493Yevropa Komissiyasi kecha, 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Xitoyning dunyoda ta’siri kuchayib borayotganligi qarshi kurashish maqsadida, rivojlanayotgan mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash uchun 300 mlrd evro mablag‘ ajratishga qaror qildi. Bu pullar 2027 yilgacha Bryussel (Yevropa Ittifoqi) tomonidan yaratilgan "Umumiy darvoza"(Global Gateways) loyihasi doirasida ishlatilishi kerak.
Loyiha kambag‘al davlatlarga o‘zlari qura olmaydigan infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga yordam beradi. Shunday qilib, Yevropa Ittifoqi XXRning “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi bilan raqobatlashmoqchi.
Xitoy temir yo‘l, avtomobil yo‘llari va portlarni moliyalashtiradi, ammo ba’zi mamlakatlarda uni qarzga botirganlikda ayblashadi.
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen nega rivojlanayotgan davlatlar YeI bilan hamkorlik qilishni afzal ko‘rishini tushuntirdi.
“Ular bizning shaffof ekanligimizni, pul oqimini yaxshi boshqarishimizni bilishadi. Biz qaytarib bo‘lmaydigan darajada qarzlar to‘planishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz bilan hamkorlikka xususiy sektorni jalb qilamiz. Xitoyda buning uchun mos xususiy sektor yo‘q. Demak, bu haqiqiy alternativa”, deydi Ursula fon der Lyayen
Bryussel quyidagi yo‘nalishlarni moliyalashtirmoqchi:
• raqamli texnologiyalar;
• transport;
• sog‘liqni saqlash;
• iqlim va energetika;
• ta’lim.
Xitoyning Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash konsepsiyasi doirasida 2013 yildan buyon ulkan global infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. Bunda Rossiya ham sherik sifatida ishtirok etmoqda.
Yevropa Ittifoqi Xitoy bilan kurashda transatlantik sheriklari bo‘lmish AQSH va Buyuk Britaniya bilan hamkorlikka umid qilmoqda. Lekin Global taraqqiyot markazining katta ilmiy xodimi Skott Morrisning ta’kidlashicha, bu yerda umumiy manfaatlardan ko‘ra ko‘proq raqobatning kelib chiqish ehtimoli mavjud. Chunki o‘tgan yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan G7 sammitida AQSH o‘zining “Yaxshiroq dunyoni tiklang” ( Build Back Better World) tashabbusini e’lon qildi.
Oxir-oqibat, "Bu ko‘plab brendlar bir-biri bilan to‘qnashadigan siyosiy maydondir", deydi Morris.
Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi kapitali moliyalashtiriladigan aniq loyihalarni nomlamadi. Biroq, Bryusseldagi manbalarning ta’kidlashicha, sarmoya mamlakatlar va qit’alarni bog‘lash uchun suvosti ma’lumot kabellarini yotqizish va zamonaviy transport yo‘llarini qurishga yo‘naltiriladi.
Doston Iskandarov
LiveBarchasi