Yevropa “Putinning asirini” mukofotladi

Olam

image
Panjara ortida ham Putinga tinchlik bermayotgan Navalniy aslida kim?  north_east

Panjara ortida ham Putinga tinchlik bermayotgan Navalniy aslida kim? 

Rossiya muxolifati yetakchisi, siyosatchi Aleksey Navalniy Yevropa Ittifoqining inson huquqlari sohasidagi bosh mukofoti “Fikr erkinligi uchun” Andrey Saxarov mukofotini oldi. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Navalniy nomzodi “erkinlik, demokratiya va inson huquqlari uchun kurashda ko‘rsatgan jasorati uchun” Yevropa Parlamentining eng yirik fraksiyasi – Yevropa Xalq partiyasi va liberallarning uchinchi yirik fraksiyasi “Yevropani yangilang” tomonidan ilgari surilgan. Ular siyosatchini Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning “asosiy siyosiy raqibi” deb atashgan.

Ma’lumot uchun, Saxarov mukofoti Yevropa Parlamenti tomonidan 1988 yilda tasdiqlangan va “butun dunyo bo‘ylab inson huquqlari uchun kurashda alohida hissa qo‘shgan” shaxslarga beriladi. Ushbu mukofot sovet olimi, inson huquqlari faoli va dissident Andrey Saxarov sharafiga nomlangan.

2020 yilda ushbu mukofotni Belarus muxolifati vakillari, 2019 yilda uyg‘ur olimi, jamoat arbobi va Xitoydan uyg‘urlar huquqlarini himoya qiluvchi Ilhom Toxti, 2018 yilda esa ukrainalik rejissyor Oleg Sensov olgan. 

Aleksey Navalniy hozir Vladimir viloyatining Pokrov shahridagi 2-sonli axloq tuzatish koloniyasida saqlanmoqda. U Germaniyadan vataniga – Rossiyaga qaytgach sud qilindi va qamaldi: joriy yilning fevral oyida u “Iv Roshe” ishi bo‘yicha 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bundan avval, 2020 yil avgustda Aleksey Tomsk shahrida zaharlangandi. O‘lishiga bir baxya qolgan Navalniy bir qator intervyu va chiqishlarida joniga suiqasd qilinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Putinni ayblagan.

Eslatib o‘tamiz, Amerikaning “Time” jurnali o‘z versiyasiga ko‘ra 2021 yil uchun dunyoning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatini e’lon qilib, ularning orasiga Alekseyni ham kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing