Yevropa Parlamenti Turkiyaga qarshi qattiq sanksiyalar joriy qilmoqchi
Olam
−
27 noyabr 2020
6045Yevropa parlamenti Turkiyaning Kipr muammosi bo‘yicha pozitsiyasi sabab rasmiy Anqaraga qarshi sanksiya joriy qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.
“Deputatlar Yevropa kengashini Turkiyaning bir tomonlama noqonuniy harakatlariga qarshi birlikni saqlash va qat’iy sanksiyalar joriy qilishga chaqirdi”, deyiladi hujjatda.
Rezolyutsiyani 631 nafar deputat ma’qullagan, 3 nafari qarshi bo‘lgan va 59 nafari ovoz bermay, betaraf qolgan.
Rezolyutsiyada belgilanishicha, mojaroni muloqot va diplomatik sa’y-harakatlar va muzokaralar natijasida uzoq muddatli hal qilish mumkin. Yevroparlament deputatlari Kipr muammosining yechilishi oroldagi turk va yunon jamoalari uchun yagona federatsiya orqali amalga oshishi kerak, deb hisoblayapti.
“Deputatlar Yevropa Ittifoqini BMT homiyligida o‘tkaziladigan muzokaralarni rivojlantirishda faolroq ishtirok etishga chaqirishmoqda”, deyiladi rezolyutsiyada.
Qarorda tavsiya etilgan sanksiyalar bo‘yicha yakuniy qaror Yevropa Kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Yevropa Ittifoqi davlatlari va hukumatlari rahbarlari 10-11 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitda Anqara bilan munosabatlar masalasini ko‘rib chiqishlari kerak.
Avvalroq, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an partiyasi azolari bilan uchrashuvda rasmiy Anqara o‘zini Yevropadan boshqa joyda ko‘rmasligini, mamlakatning kelajagi Yevropa bilan ekanini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi