Yevropa ligasiga qur’a tashlandi. “Barselona” va boshqalar raqiblarini bilib oldi

Sport

−

image

Bugun, 18 mart kuni Shveysariyaning None shahridagi UEFA qarorgohida Yevropa ligasining chorak va yarim final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Chorak finalga quyidagi jamoalar chiqqan edi: “RB Leypsig”, “Atalanta”, “Braga”, “Reynjers”, “Barselona”, “Ayntraxt”, “Vest-Xem”, “Lion”.

Yevropa ligasi chorak final juftliklari bilan tanishing:

“RB Leypsig” (Germaniya) – “Atalanta” (Italiya);

“Ayntraxt” (Germaniya) – “Barselona” (Ispaniya);

“Vest Xem” (Angliya) –“Lion” (Fransiya);

“Braga” (Portugaliya) – “Reynjers” (Shotlandiya).

Yarim final bosqichida quydagi juftlik g‘oliblari o‘zaro to‘qnash keladi:

“RB Leypsig”/“Atalanta” – “Braga”/“Reynjers”

“Vest-Xem”/“Lion” – “Ayntraxt”/“Barselona”

Ma’lumot o‘rnida, chorak finalning dastlabki o‘yinlari 7 aprel kuni o‘tkazilsa, javob bahslari 14 aprel sanasida bo‘lib o‘tadi. Yarim final uchrashuvlari 28 aprel va 5 may kunlariga mo‘ljallangan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing