Yevropa ligasi finalida ham inglizcha derbi

Sport

image

Kecha, 9 may kuni Yevropa ligasining yarim finalining javob bahslari o‘tkazildi. Unga ko‘ra, finalda yana Angliya derbisiga guvoh bo‘lamiz. 

Ispaniyada “Arsenal” “Valensiya”ni yana bir bor mahlub etib, final yo‘llanmasini hal qildi.

“Valensiya” – “Arsenal” 2:4 (1:1, 1:3).
“Mestalya” stadioni.

Gollar: 1:0 – 11 Gameyro, 1:1 – 17 Obameyang, 1:2 – 50 Lyakazett, 2:2 – 58 Gameyro, 2:3 – 69 Obameyang, 2:4 – 88 Obameyang.

“Valensiya”: Neto, Garay, Gayya, Pichchini (Soler, 56), Gabriel, Vass, Parexo, Koklen, Gedesh (Ferran Torres, 71), Rodrigo (Santi Mina, 72), Gameyro.

“Arsenal”: Chex, Koselni, Monreal, Kolashinats (Mustafi, 71), Papastatopulos, Torreyra (Genduzi, 80), Meytlend-Naylz, Jaka, Ozil (Mxitaryan, 62), Lyakazett, Obameyang.

Ogohlantirishlar: Garay (38), Gayya (43), Ozil (62).

Yarim finalning ikkinchi o‘yinida esa “Chelsi” raqibi bilan yana durrang o‘ynab, penaltilar seriyasida g‘alabaga erishdi.

“Chelsi” – “Ayntraxt F” 1:1 (1:0, 0:1).
“Stemford Bridj” stadioni.

Gollar: 1:0 – 28 Loftus-Chik, 1:1 – 49 Yovich.
Penaltilar seriyasiga ko‘ra: 4:3.

“Chelsi”: Arrisabalaga, Kristensen (Dzappakosta, 74), Aspilikueta, Emerson, David Luiz, Kovachich, Jorjino, Azar, Loftus-Chik (Barkli, 86), Villian (Pedro, 62), Jiru (Iguain, 96).

“Ayntraxt F”: Trapp, Abraam, Falett, Xinteregger, da Koshta, Rode (de Guzman, 70), Kostich, Gachinovich (Gonsalu Pasiyensiya, 118), Xasebe, Rebich (Aller, 90), Yovich.


Maqola muallifi

Teglar

EL

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing