Yevropa Ittifoqining yarmini qurg‘oqchilik xavfi egalladi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi hududining deyarli yarmiga (47 foiz) avgust oyida qurg‘oqchilik xavf solmoqda. Bu haqda kecha, 22 avgust kuni Yevropa qurg‘oqchilik monitoringi xizmatiga tayanib “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning iyul oyida qurg‘oqchilik xavfi Yevropa Ittifoqining 46 foizini qamrab olgan. Yil boshidan buyon Yevropaning ko‘plab hududlariga ta’sir ko‘rsatayotgan kuchli qurg‘oqchilik yangi hududlarga tarqalib, avgust oyi boshidan kuchaygan.

Qayd etilishicha, qurg‘oqchilikdan eng ko‘p zarar ko‘rgan mintaqalar orasida Portugaliya, Ispaniya, janubiy Fransiya, Italiyaning markaziy qismi, Germaniyaning janubi, shuningdek, Slovakiya, Vengriya va Ruminiyani qamrab olgan katta hudud bor.

“Avgust oyi o‘rtalarida ayrim hududlarda yog‘gan yomg‘irlar qurg‘oqchilikni biroz yumshatgan, ammo momaqaldiroqlar ba’zi hududlarga zarar yetkazgan va yog‘ingarchilikning ijobiy ta’sirini cheklagan bo‘lishi mumkin”, deydi mutaxassislar.

Shuningdek, ular G‘arbiy O‘rtayer dengizi mintaqalarida issiq va quruq ob-havo noyabrgacha davom etishi mumkinligini aytib o‘tishgan. Shu sababli, Ispaniya va Portugaliyaning ayrim hududlarida qurg‘oqchilik davom etishi istisno qilinmaydi. Anormal issiq va quruq ob-havo hosilning nobud bo‘lishiga olib kelishi xavfi mavjud. Xususan, makkajo‘xori, soya va kungaboqar kabi yozgi ekinlarga ta’sir qilishi mumkin.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing