Yevropa Ittifoqi Rossiya uchun osmonini yopdi
Olam
−
28 fevral 2022
7221Yevropa Ittifoqi (YeI) hamjamiyat havo hududini Rossiya uchun yopishga qaror qildi. Bu haqda bugun, 28 fevral kuni chop etilgan Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida aytilgan.
“Rossiya aviatashuvchilari tomonidan boshqariladigan har qanday havo kemalari, shu jumladan marketing tashuvchisi sifatida yoki Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan yoki Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmagan, har qanday shaxsga tegishli yoki ijaraga olingan yoki boshqa yo‘l bilan boshqariladigan Rossiya jismoniy yoki yuridik shaxsi, tashkiloti yoki organina tegishli har qanday havo kemalari uchun qo‘nish, parvoz qilish yoki Yevropa Ittifoqi hududi ustidan uchish taqiqlandi”, deyiladi hujjatda.
Shu bilan birga, unda aytilishicha, “vakolatli organlar, agar bunday qo‘nish, uchish yoki uchib o‘tish insonparvarlik maqsadlarida yoki ushbu qoidalarga mos keladigan boshqa maqsadlarda zarur bo‘lsa, havo kemasiga qo‘nish, uchish yoki Yevropa Ittifoqi hududi ustidan parvoz qilish uchun ruxsat berishi mumkin”.
Avvalroq Yevropa Ittifoqining 27 davlati Tashqi ishlar vazirlari Rossiya samolyotlari uchun hamjamiyat havo hududini to‘liq yopishni ma’qullagan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr