Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan urushga kirmoqchi emas – Borrel

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan urushmoqchi emas, sanksiyalar Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”ga asosiy javobligicha qoladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi. 

“Ukrainadagi urush bilan yuzma-yuz kelganimizda, Yevropa g‘azablansa, qanday javob bera olishini ko‘rsatib qo‘ydik. Biz Rossiya bilan jang qilishni istamaganimiz uchun javob sifatida iqtisodiy sanksiyalarni qo‘lladik. Ular allaqachon o‘z ta’sirini ko‘rsatishni boshladi, bu esa kelgusi oylarda kuchayadi", deydi u.

Borrel, shuningdek Rossiyaga qarshi joriy etilayotgan sanksiyalar uning harbiy-sanoat kompleksiga ta’sir ko‘rsatayotgani va neft qazib olishiga to‘sqinlik qilayotganini aytgan.

“Agar sanksiyalarning harbiy sohaga ta’siri haqida gapiradigan bo‘lsak, [Rossiyaning] “Iskander” va “X-101” kabi aniq boshqariladigan raketalarni ishlab chiqarish imkoniyati cheklangan. Neft qazib olish sohasida mamlakatdan nafaqat chet el kompaniyalari ketmoqda, balki gorizontal burg‘ulash kabi ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ham murakkab vaziyat yuzaga keldi. Shuningdek, Rossiya kompaniyalarining yangi konlarni ishga tushirish imkoniyati yo‘q”, deydi YeI vakili.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

345

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing