Yevropa chegaralari qachongacha yopiq bo‘lishiga oydinlik kiritildi

Olam

image

Koronavirus pandemiyasi tufayli Yevropa chegaralari yozgacha yopiq holda ushlab turilishi mumkin. Bu haqda Ichki bozor bo‘yicha Yevropa komissari Terri Breton ma’lum qilgan. 

Shengen hududining chegaralari yozgacha yopiladimi, degan savolga javob berar ekan, “ko‘ramiz. Ammo menimcha, kutilgan narsa ham shunday”, dedi Breton.

Yevropa komissari Shengen hududida harakatlanish masalasiga alohida to‘xtaldi. “Hammamiz bir qit’ada ekanimizni hamma yodda tutishi kerak. Biz o‘z jug‘rofiyamiz va qoidalarimizga hurmat bilan qarashimiz lozim. Hamma davlatlar bir vaqtning o‘zida o‘z-o‘zini yakkalash rejimidan chiqib ketadi, deb ayta olmaymiz”, dedi u.

Shu bilan birga, Breton pandemiya tugaganidan keyin bir necha oy ichida kuzatilishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha cheklovlar kiritilishi mumkinligini rad etmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Evrokomissar

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar