Yevrokomissiya Rossiya olmosi savdosiga qarshi sanksiyalar loyihasini ma’qulladi
Olam
−
28 noyabr 2023
3518Yevrokomissiya Rossiyadan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga olmos yetkazib berish bo‘yicha taklif qilingan cheklovlar loyihasini ma’qulladi va uni ittifoqqa a’zo mamlakatlarga tasdiqlash uchun yubordi. Bu haqda qo‘lga kiritgan hujjatga tayanib, “Agence France-Presse” (AFP) agentligi xabar berdi.
2024 yilning 1 yanvaridan Yevrokomissiya sanoatda ishlatilmaydigan tabiiy va sintetik Rossiya olmoslari, jumladan, uchinchi mamlakatlarda qayta ishlangan olmoslar savdosini butunlay taqiqlashni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, bunday cheklovlar Rossiya Federatsiyasidan eksport qilinadigan zargarlik buyumlari va shunga o‘xshash barcha qimmatbaho toshlarga ta’sir qiladi (hatto Rossiya ularni yetkazib berish uchun faqat tranzit punkti bo‘lsa ham). Yevropa Komissiyasi tasdiqlangan cheklovlar loyihasini Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlatga "yaqin kunlarda" tasdiqlash uchun yuboradi.
Sanoat manbalariga ko‘ra, ichki bozorga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni cheklash uchun sanksiyalar bosqichma-bosqich qo‘llanilishi mumkin.
Bildirilishicha, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 12-paketi doirasida Rossiya olmos sanoatiga cheklovlar ishlab chiqmoqda. YeI shu orqali Rossiya iqtisodiyotiga bosimni oshirish va qurol sotib olish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar miqdorini kamaytirish niyatida.
Biroq, AFPning qayd etishicha, shu paytgacha Rossiya oldingi 11 ta sanksiya paketiga qaramay kurashni davom ettira olgan, bu esa sanoatda yangi cheklovlar natijasini “shubha” ostiga qo‘yadi.
LiveBarchasi