Yevroittifoq Rossiyani “dahshatli” sanksiyalar bilan “siylamoqchi”

Olam

image

Yevropa Ittifoqi yaqin oylarda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni sezilarli darajada kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda YeI tashqi siyosat bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Germaniyaning “Die Welt” nashriga ma’lum qilgan.

“YeI sanksiyalari Rossiyaga allaqachon katta zarar yetkazdi, Rossiyaning urush mashinasini 1 trillion yevrodan ortiq mablag‘dan mahrum qildi. Kuzda esa urush boshlanganidan beri eng keng qamrovli sanksiyalar ro‘yxatini taklif qilaman”, degan Kallas.

Uning aytishicha, yangi choralar qabul qilinsa, sanksiyaga uchrayotgan Rossiya sub’ektlari soni darhol uchdan birga ko‘payadi.

“Moskva urushni tugatmaguncha bosim kuchayib borishi kerak”, degan u.

Kallas yangi sanksiyalar paketining aniq muddati va tafsilotlarini ochiqlamagan.

Ma’lumot uchun, YeI iyul oyida Rossiyaning Ukrainadagi urushi munosabati bilan navbatdagi sanksiyalar paketini tasdiqlab, mamlakatning bank sektori va kriptovalyuta tarmoqlariga cheklovlar joriy qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvaloq AQSH Eronga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy qilib, mamlakat oliy rahbari Oyatulloh Mujtabo Xomanaiyning asosiy moliyaviy hamkorlaridan biri hamda yana 13 nafar shaxs va tashkilotni qora ro‘yxatga kiritgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing