Yevro va dollar kursi 20 yil deganda tenglashdi
Olam
−
12 iyul 2022
15041Xalqaro bozorda yevro kursi dollar kursi bilan tenglashdi. Bu 2002 yil dekabr oyidan beri birinchi marta sodir bo‘ldi.
Teng kurs bir necha daqiqa davom etdi, shundan so‘ng evro biroz ko‘tarildi. Ayni vaqtda dollar kursi 0,998 yevroni tashkil qilmoqda.
Yevro kursi Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotidagi retsessiyadan qo‘rqish va Rossiya energiya resurslarini mintaqaga yetkazib berish bilan bog‘liq noaniq vaziyat fonida pasaymoqda.
Dollar so‘nggi oylarda barcha zaxira valyutalariga nisbatan sezilarli darajada o‘sdi. Bu inflyatsiyani jilovlash uchun foiz stavkalarini tezlik bilan oshirayotgan AQSH Federal zaxira tizimining qattiq siyosati fonida yuz bermoqda.
LiveBarchasi