O‘zbekistonda yevro narxi keskin ko‘tarildi, dollar esa...
Jamiyat
−
10 iyun 2019
6288Bugun, 10 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi. O‘tgan haftadagi qiymat bilan solishtirganda, dollarning rasmiy kursi 5.11 so‘mga oshib, 8518.68 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa bu haftada keskin o‘sishga erishib, o‘tgan haftaga nisbatan 145.42 so‘mga oshib, 9652.52 so‘mni tashkil etdi.
Qayd etish joiz, dollarning rasmiy kursi O‘zbekistonda o‘tgan haftada ilk bor 8500 so‘mlik dovondan oshgan edi.